"Barselona" byudjetni defitsit bilan yopadi.

Kataloniya klubi direktorlar kengashi seshanba kuni o'tgan moliyaviy yil uchun hisobotni tasdiqladi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Klubning qayd etishicha, o'tgan davrda foyda 2 million evroni tashkil etib, ketma-ket ikkinchi yil ijobiy ko'rsatkichlarga erishgan, ammo kutilmagan xarajatlar chegirib tashlangach, zarar 17 million evroni tashkil etgan.

Ta'kidlanishicha, "Barselona" rahbariyati kelasi moliyaviy yilni 4 mln evro foyda bilan yakunlashni maqsad qilgan.