"Barselona"ning yangi hamkori Midea maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi bo'ladi.

Klub kompaniya bilan besh yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. U keyingi mavsumdan kuchga kiradi. 2026 yil 1 iyuldan boshlab Midea logotipi "Barsa" futbolkasining chap engiga joylashtiriladi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Blaugrana" mavsum davomida hamkoridan 12 mln evro atrofida pul oladi.