"Barselona" yarim himoyachisi yana operatsiya qilinishi mumkin

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tizzasidan operatsiya qilinishi mumkin, deb xabar beradi Catalunya Ràdio.
Avvalroq Gavining jarohati kutilganidan jiddiyroq ekani xabar qilingandi. Gavi ayni damda tizzasida noqulaylikni boshdan kechirmoqda, u 2023 yilda xochsimon paylari yirtilgani sababli operatsiya qilingan.
O'yinchi, ehtimol, tizza bo'g'imini tiklash uchun yana bir operatsiyadan o'tishi kerak.