"Barselona" tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado "Selta"ga qarshi o'yin (4:2) oldidan chigalyozdi mashg'ulotlari vaqtida o'zini noqulay his qilgan edi.

22 yoshli futbolchi kecha klub bazasida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Unga jarohat aniqlanmagan, faqat ortiqcha yuklama bor. U FIFA kunlaridan so'ng yana maydonga qaytishga tayyor bo'ladi.

Kasado joriy mavsumda 12 ta o'yinda 1 ta assist berdi.