Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Dro Fernandes faoliyatini Frantsiyaning "PSJ" klubida davom ettiradi.

Jurnalistlarning ma'lum qilishicha, "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi Parij grandi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolagan. Fernandesning transferi "PSJ" rahbariyatiga olti million evroga tushadi.

Luis Enrike shogirdlari Frantsiya Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Parijliklar peshqadam "Lans"dan 1 ochko ortda qolmoqda.