"Barselona" yarim himoyachisi martgacha futbol o'ynay olmaydi

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Gavi tizzasidagi jarohatini davolash bilan band.
Sport nashrining xabar berishicha, 21 yoshli futbolchiga jarohatini to'liq davolab, maydonga qaytishi uchun yana kamida 5 oy vaqt kerak. U mart oyidan mashg'ulotlarni qayta boshlashi kutilmoqda.
Gavi bu mavsumda bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatma berdi.