"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Gavi tizzasida noqulayliklar his qilmoqda. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchi ertangi "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinni aniq o'tkazib yuboradi.

Futbolchining maydonga qaytishi tiklanish tezligiga bog'liq bo'ladi.