"Barselona" yarim himoyachisi bilan shartnomasini bekor qilganini e'lon qildi (foto)

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Oriol Romeu erkin agentga aylandi.
33 yoshli ispaniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasini bekor qildi.
Romeu 2022 yilda "Jirona"dan 3,5 million evroga sotib olingandi.

Manba: www.stadion.uz.