«Barselona»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Mark Bernal uzoq tanaffusdan so'ng safga qaytdi. U 2024 yil avgust oyidan beri maydonga tushmagan edi.

Bernal 382 kun davomida maydonga tushmadi — bunga xochsimon bog'lamlarining uzilishi sabab bo'lgan.

Avvalroq xabar berilganidek, kataloniyaliklar yosh futbolchini ligada asosiy jamoada ro'yxatdan o'tkazgan edi.