16 yoshli Xilberto Mora Evropaning yana bir grandi - "Barselona" radariga tushib qoldi. "Ko'k-anorranglilar" skautlari Meksikaning "Tixuana" klubi hujumkor yarim himoyachisining o'yinlarini birinchi marta kuzatayotgani yo'q, deya xabar beradi Mundo Deportivo. Vunderkindga da'vogarlar orasida Madridning "Real", "Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Inter Mayami" va "Ayaks" klublari ham bor. Agent Rafaela Pimentaning so'zlariga ko'ra, futbolchi yaqin kelajakda Evropaga ko'chib o'tishga tayyor.

Transfermarkt portali Xilberto Moraning narxini 4,5 mln evroga baholamoqda. Futbolchi allaqachon Meksika terma jamoasida uch marta o'ynashga muvaffaq bo'lgan.