"Barselona" bu mavsumda yutqazmayapti.

Bugun Xans-Diter Flik jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Nyukasl"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Bungacha kataloniyaliklar La Ligada 3 g'alaba va 1 durang qayd etishgandi.

21 sentyabr kuni "blaugrana" Ispaniya chempionati doirasida "Xetafe"ni qabul qiladi.