"Barselona" yangi himoyachilar qidirmoqda

"Barselona" yozgi transfer oynasida jamoani tark etgan Inigo Martinesning o'rnini bosadigan yangi himoyachi qidirmoqda.
Sport.es nashrining xabar berishicha, "Barselona"ning yangi transferlar ro'yxatida besh nafar himoyachi bor.
"Barselona" quyidagi futbolchilarni ko'rib chiqmoqda: Niko Shlotterbek, Mark Gexi, Dayot Upamekano, Gonsalo Inasio va Tilel Tati.