“Barselona” klubiga yana 1 million evro miqdorida jarima qo'llanildi, deya xabar berdi RAC1.

Manbaga ko'ra, bu qaror “Kamp Nou” stadioni hududida olib borilayotgan ishlarni tekshirish chog'ida 79 nafar noqonuniy ishchi aniqlangani bilan bog'liq.

Ma'lumotlarga ko'ra, stadion rekonstruktsiyasi 2023 yil iyun oyida boshlanganidan beri klub turli me'yor va qoidalarni buzgani sababli jami 2,9 million evrodan ortiq jarima to'lashga majbur bo'lgan.