"Barselona" yana bir yarim himoyachisini yo'qotdi

"Barselona"ning 22 yoshli himoyachisi Mark Kasado noqulaylik tufayli jamoa mashg'ulotlarini yakunlay olmadi. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Kasado Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi yoki etmasligi hozircha noma'lum. O'yinchi bo'yicha qaror o'yin boshlanishiga yaqin qabul qilinadi.
Bu mavsumda Kasado barcha musobaqalarni hisobga olgan holda beshta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
La Liga 7-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Real Sosedad" bahsi 28 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 21:30 da yangraydi.