"Barselona" qishki transfer oynasida o'z safiga yangi markaziy himoyachi qo'shib olishi mumkin.

ESPN xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" hozirda "Aston Villa"da harakat qilayotgan ispaniyalik Pau Torresni kuzatishmoqda.

28 yoshli futbolchi Transfermarkt portalida 25 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda umumiy 18 ta o'yinda maydonda 1438 daqiqa harakat qildi.