«Barselona» uchun kelayotgan yozda Madridning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olish juda qiyin bo'ladi.

Jurnalist Luis Roxoning xabar berishicha, kataloniyaliklar argentinalik futbolchi transferga erishish maqsadida «matraschilar» rahbariyatiga bosim o'tkazish niyatida emasligini yaxshi bilishadi. Shunday ekan, agar «Atletiko» hujumchini qo'yib yuborishni istamasa, «Barselona»ning imkoniyatlari juda past. Kelishuv amalga oshishi ehtimoli ancha kam.

Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Xulian Alvaresning bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi. 26 yoshli futbolchining shartnomasida 500 million evro miqdoridagi tovon puli belgilangan, bu esa, o'z-ovidan, potentsial xaridorlarga hech qanday ustunlik bermaydi.