"Barselona" vitse-prezidenti: "Biz 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab "Kamp Nou"dan to'liq quvvat bilan foydalanamiz"

"Barselona" vitse-prezidenti Elena Fort "Kamp Nou" sig'imiga qo'yilgan cheklovlar keyingi mavsum boshlanishiga qadar bekor qilinishini kutmoqda.
"Taxminlarga ko'ra, biz 2026/27 yilgi mavsum boshida "Kamp Nou"dan to'liq quvvat bilan foydalanamiz va stadionni boshqa tark etishimiz shart emas. Bu rejalashtirilmagan, chunki biz ishlarni tugatish uchun ketadigan vaqtni qisqartirishga harakat qilmoqdamiz", dedi Fort.