"Barselona" vingerining orzusi ushaldi

"Barselona" vingeri Xavi Espart yaqinda "Barselona"ning asosiy jamoasidagi debyuti haqida fikr bildirdi.
18 yoshli futbolchi seshanba kuni "Nyukasl"ga qarshi Chempionlar Ligasi o'yinida Kataloniya giganti safida ilk bor maydonga tushdi.
U 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. O'yin 1:1 hisobida yakunlandi. "Maydonga chiqib, "Barselona" safida o'ynashimni anglaganimda bunga ishonolmadim. Debyutimdagi hissiyotlarni so'z bilan ifodalab bo'lmas darajada edi; men nihoyatda xursand edim.
Men klubda uzoq vaqtdan beri o'ynayman, shuning uchun "Barsa"ning asosiy jamoasida o'ynash har doim orzu bo'lgan", - deya Espartning so'zlarini keltiradi Barca Universal.