"Barselona" "Vilyarreal" hujumchisi Karl Etta Yong uchun tovon puli to'lashga tayyor.

21 yoshli kamerunlik futbolchining potentsiali yuqori ekani, uning tovon puli esa 10 mln evrodan kamroq turishi aytilmoqda.

"Ko'k-anorranglilar"ning strategiyasi - tovon pullarini faollashtirish orqali hujumchini qo'lga kiritish va uni darhol La Liganing boshqa jamoasiga ijaraga yuborishdan iborat.

Bu klubga qat'iy moliyaviy feyr-pley sharoitida darhol ro'yxatdan o'tish zaruratidan qochish imkonini beradi.