«Barselona» joriy yakshanba kuni La Liganing navbatdagi turi doirasida «Valensiya»ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuv uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik quyidagi futbolchilarga ishonch bildirmoqda:

Darvozabonlar: Joan Garsiya, Shesni, Kochen
Himoyachilar: Arauxo, Kubarsi, Kristensen, Martin, Kunde, Erik Garsiya, Torrents
Yarim himoyachilar: Pedri, Fermin Lopes, Kasado, Olmo, Bernal
Hujumchilar: Ferran Torres, Robert Levandovski, Rafinya, Markus Reshford, Bardji, Fernandes

Qayd etish lozimki, ushbu ro'yxatda Lamin Yamalning nomi yo'q.