«Barselona» va «PSJ» «Real» qiziqayotgan iqtidor futbolchini qo'lga kiritmoqchi

«Real» va «Valensiya» klublari «Elche» jamoasining yarimhimoyachisi Rodrigo Mendosaga eng katta qiziqish bildirmoqda.
Biroq «Barselona», «Atletiko» (Madrid), «Vilyarreal», «PSJ» va Angliya premer-ligasi klublari ham futbolchini kuzatmoqda. Buning sababi — Mendosaning Chilida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida namoyish etgan yorqin o'yinidir.
Joriy mavsumda Rodrigo Mendosa «Elche» tarkibida beshta o'yin o'tkazdi va ularda bir gol urdi.
Manba: football24.ru