«Barselona» va «Manchester Siti» frantsuz futbolchisi uchun kurashishi mumkin

«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi Evropaning bir nechta top-klublari e'tibor markazida bo'lib turibdi. Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, so'nggi haftalarda «Barselona» Xulian Alvares transferi bo'yicha «Atletiko» bilan kelisha olmagan taqdirda, Krupi nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu oyda «Manchester Siti» ham 20 yoshli Krupi bo'yicha ma'lumot so'ragan. Shu bilan birga, «Bornmut» frantsuz hujumchisini o'z safida saqlab qolish niyatida — sababi «olchalar» Angliya sharafini Evropa Ligasida himoya qilishadi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Eli Junior Krupining transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar