"Barselona" uchun bu transfer qimmatga tushadi

So'nggi haftalarda matbuotda "Barselona" Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqish bildirayotgani haqida bir necha bor xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, argentinalik futbolchini qo'lga kiritish qimmatga tushadi. Fichajes nashrining xabar berishicha, Madridning "Atletiko" klubi Alvaresni "Barselona"ga qo'yib yuborishni istamayapti.
Madrid klubi bunday kelishuv uchun 200 million evroga yaqin pul so'rashga tayyor.