"Barselona" La Liga 19-turida "Espanol"ni mag'lub etdi (2:0) va o'zining gollar seriyasini uzaytirdi.

Shanba kuni bo'lib o'tgan derbida Xans-Diter Flik jamoasi hisobni ochishi uchun 86 daqiqa kerak bo'ldi. Dastlab Dani Olmo o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, oradan 4 daqiqa o'tib, yakuniy natijani Robert Levandovski tabloda qayd etdi. Shu tariqa, "Barselona" La Ligada ketma-ket 39 o'yinda o'z hisobiga gol yozdirib kelmoqda - bu Evropaning beshta etakchi chempionatidagi eng uzoq davom etgan golli seriyadir, deb yozadi Opta.

"Ko'k-anorranglilar"ning La Ligadagi navbatdagi o'yini 18 yanvar kuni bo'lib o'tadi - raqib "Real Sosedad". Unga qadar Kataloniya grandi Ispaniya Superkubogida ishtirok etadi.