"Barselona" ter Shtegenning yangi jarohati bo'yicha bayonot berdi

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning yangi jarohatiga izoh berdi.
33 yoshli futbolchi seshanba kungi mashg'ulotlarda jarohat oldi. Klub darvozabon jamoa qarorgohini tark etgani va tekshiruvlardan o'tish uchun Barselonaga yo'l olganini tasdiqladi. Ispaniya Superkubogida nemis o'ynamaydi.
"Ter Shtegen "Barsa"ning Saudiya Arabistonidagi lagerini tark etmoqda - u Barselonaga qaytadi va u erda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Uning o'rnini ikkinchi jamoa darvozaboni Diego Kochen egallaydi va ertaga jamoaga kelib qo'shiladi," - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Bugun "ko'k-anorranglilar" Ispaniya Superkubogi yarim finalida Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi bahs olib boradi.