"Barselona" Taning transferiga yaqin kelgan edi

«Bavariya» markaziy himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin edi. O'tgan yilning yozida germaniyalik futbolchi «Bayer»dan Myunxen grandi safiga kelib qo'shilgandi. «Dorishunoslar»ning sobiq yulduziga xorijning top-klublari, jumladan, «Barselona» ham da'vogarlik qilgan.
"Kim bizga o'tishga yaqin edi, ammo kelmadi? Biz Jonatan Ta bilan ilg'or muzokaralar olib borgandik, biroq yakunda kelishuv amalga oshmadi", — deya tan oldi «ko'k-anorranglilar» sport direktori Deku.
Jonatan Taning «Bayer» bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirida tugashi kerak bo'lganligi sababli, u «Bavariya»ga bor-yo'g'i 2 million evroga tushdi.