Madridning «Atletiko» klubi «Barselona»ning Xulian Alvares transferi bo'yicha qilgan birinchi taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Aleks Pintanel xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «matraschilar» argentinalik futbolchini 100 million evroga sotishdan bosh tortishgan. «Barselona» taklifni 120 million evrogacha oshirishga tayyor, biroq kelishuv hali yakuniga etishidan ancha yiroq. Hatto Alvaresning o'zi transferni talab qilayotgan bo'lsa-da, tomonlar Jahon chempionati boshlanishidan oldin kelishuvga erishishlari dargumon.

2025/26 yilgi mavsumda Alvares barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.