"Barselona" "Spotify Kamp Nou" bo'yicha bayonot berdi

"Barselona" "Spotify Kamp Nou" stadionini rekonstruktsiya qilishda sezilarli yutuqlarga erishganini ma'lum qildi. Klub tez orada maydonning 1A bosqichini foydalanishga topshirish uchun ruxsat olmoqchi.
"Barsa" rahbariyati jamoa rekonstruktsiyaning navbatdagi bosqichi yakunlanganidan keyingina uy arenasiga qaytishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.
Qaytish 1B bosqichiga ruxsat berilgandan so'ng amalga oshiriladi, bu esa stadionga 45 000 ga yaqin tomoshabinni qabul qilish imkonini beradi.