"Barselona" "Sporting" himoyachisini nishonga oldi

Manbaning yozishicha, "Barselona" "Sporting" himoyachisi Gonsalu Inasiuning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, lissabonliklar futbolchining tovon pulini 80 mln evroga oshirish uchun u bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. Inasiuning "Sporting" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachini 45 mln evroga baholamoqda.
Gonsalu Inasiu Portugaliya terma jamoasiga faol chaqiruv olmoqda. Jamoa safida himoyachi 19 ta o'yin o'tkazgan. Ularda futbolchi ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.