"Barselona" sobiq himoyachisi 38 yoshida faoliyatini yakunladi

"Shaxtyor" va Kataloniyaning "Barselona" klublari sobiq himoyachisi Dmitriy Chigrinskiy 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda ukrainalik futbolchining vakili Aleksandr Pankov ma'lum qildi.
Dmitriy o'tgan yilning yozida "Shaxtyor"ni tark etganidan beri erkin agent maqomida edi. Chigrinskiy murabbiylik ishiga o'tadi. Ukrainalik futbolchi Gretsiyaning "Aris" klubida Manolo Ximenes shtabini to'ldiradi.
Eslatib o'tamiz, Chigrinskiy 2009-2010 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. Ukraina terma jamoasi safida himoyachi 29 ta o'yin o'tkazgan.