"Barselona"ning sobiq direktori Toni Freysha Kataloniya jamoasining La Ligada birinchi o'ringa chiqishi haqida gapirdi.

Ispaniya chempionatining 25-turida "blaugrana" "Levante"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. U turnir jadvalida "Osasuna"ga (1:2) yutqazgan "Real"ni ortda qoldirdi.

"Asosiy hakamlar xatosiz o'tgan bir tur peshqadamlikni qaytarib olish uchun etarli bo'ldi. Ammo biz bu yana takrorlanishiga umid ham qilmaymiz", - deb yozdi Freysha.