"Barselona" Reshfordga qancha maosh to'lashga tayyorligi ma'lum bo'ldi

"Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan hujumchi Markus Reshford agar “Barselona” bilan uzoq muddatli shartnoma tuzmoqchi bo'lsa, haftasiga oladigan 300 ming funtlik maoshini keskin qisqartirishga to'g'ri keladi.
Xabarlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" hujumchi uchun haftasiga 200 ming funtdan ortiq to'lovni amalga oshirishga tayyor emas.
Shu bois, agar 28 yoshli ingliz o'z maoshini pasaytirishga rozi bo'lmasa, “ko'k-anorranglilar” uni to'liq shartnoma asosida transfer qilishni rejalashtirmayapti.