«Barselona» Reshford masalasida o'ylanmoqda. Bunga sabab bor

Kataloniyaning «Barselona» klubi hali ham «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni to'liq sotib olish bo'yicha bir qarorga kelmagan. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, klubning ikkilanish sababi — futbolchining yuqori maoshi. Hozircha "ko'k-anorranglilar" ancha yosh va moliyaviy talablari past bo'lgan vingerlarga e'tibor qaratmoqda.
Eslatib o'tamiz, Reshford yozdagi transfer oynasida «qizil iblislar»dan ijara asosida «Barselona» safiga qo'shilgan edi. U bu vaqtgacha jamoa safida 15 o'yinda 6 gol urib, 7 golli uzatma berdi.