«Barselona» prezidenti Joan Laporta Lionel Messining jahon chempionatidagi muvaffaqiyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Ko'k-anorranglilar»ning 39 yoshli sobiq futbolchisi Argentina terma jamoasiga mundial yarim finaliga chiqishda yordam berdi. Yulduz faxriy futbolchi turnir to'purarlari ro'yxatida Kilian Mbappe bilan birgalikda sakkizta gol bilan etakchilik qilmoqda.

«Messi bu jahon chempionatini a'lo darajada o'tkazmoqda, biz uni tabriklaymiz. Argentina terma jamoasi juda birdam ko'rinmoqda, bu esa Leoga o'zining eng yaxshi fazilatlarini namoyish etishga yordam bermoqda», — deya jurnalist Fabritsio Romano Laportaning so'zlarini keltiradi.

Manba: Stadion.uz