"Barselona" Rafinya o'rniga futbolchi topib qo'ydi

"Barselona" sport direktori Deku "Chelsi" vingeri Pedru Netuni sotib olishga qiziqmoqda.
Xabarlarga ko'ra, kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchini 28 yoshli Rafinya Diasning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan futbolchi sifatida ko'rmoqda.
Entso Mareska qo'l ostida u qadar ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Netu kelasi yozda jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.