«Barselona» qiziqayotgan Laportning shartnomasidagi tovon puli summasi ma'lum bo'ldi

«Atletik» himoyachisi Emerik Laport faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.
Diario SPORT xabariga ko'ra, Kataloniya klubi allaqachon futbolchining atrofidagi insonlar bilan bog'langan. Ushbu haftada muzokaralarning yangi bosqichi bo'lib o'tdi. Himoyachi «ko'k-anorranglilar» safiga o'tish variantiga ijobiy qaramoqda. Shu bilan birga, Laportning shartnomasidagi tovon puli summasi 15 million evrodan kamni tashkil etadi.
Emerik Laport 2025 yilda «An-Nasr»dan «Atletik»ga 10 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi Bilbao jamoasi safida barcha turnirlarda 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar