Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barselona» himoya chizig'ida Andreas Kristensen va Ronald Arauxoning kelajagi noaniq bo'lgani sabab transfer bozorini o'rganmoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, eng katta qiziqish «Sporting» futbolchisi Gonsalu Inasiuga qaratilgan. U «Bavariya» hujumchisi Luis Dias bilan bir xil agentlik mijozi hisoblanadi.

Shuningdek, katalonlar quyidagi himoyachilarni kuzatmoqda:

«Nottingem Forest» futbolchisi Murillo;
«Kristal Pelas» himoyachisi Mark Gexi;
«Palmeyras» o'yinchisi Luis Benedetti;
«PSJ» futbolchisi Lukas Beraldo (u Luis Enrike ishonchini yo'qotgani sabab frantsuz grandini tark etishi mumkin).

Manba: championat.com