"Barselona" qanday holatda yangi qanot himoyachisi sotib olishi ma'lum bo'ldi

Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transferlar vaqtida yangi qanot himoyachisi sotib olish bo'yicha jiddiy ishlar olib bormoqchi emas.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" faqat Jyul Kunde yoki Alexandro Balde yozda jamoani tark etsa, yangi qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi.