Opta superkompyuteri Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o'rin olgan Kataloniyaning "Barselona" va Frantsiyaning "PSJ" jamoalari o'rtasidagi o'yindagi imkoniyatlarni baholadi.

Xans-Diter Flik jamoasining uy uchrashuvida g'alaba qozonish ehtimoli 46,4 foizga baholanmoqda. Frantsiya jamoasining Ispaniyadan uch ochko olib ketish imkoniyati 29,9 foizga teng. Durang ehtimoli 23,7 foizga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Parij grandi Evropa Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi.

"Barselona" - "PSJ" uchrashuvi ertaga, 1 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.