"Barselona" avgust oyida yangilangan "Kamp Nou"ga qaytishi va cheklangan sig'imda o'ynashi kerak edi, ammo muddatlar bir necha bor kechiktirildi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 1 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "PSJ"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinini "Olimpiya" stadionida o'tkazish stsenariysini ishlab chiqmoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar allaqachon UEFA va "PSJ"ni bu bo'yicha ogohlantirgan.

Aytish joizki, "Kamp Nou"dagi ishlar davom etmoqda. Rekonstruktsiyadan so'ng stadionning to'liq ochilishi kelasi yozga rejalashtirilgan.