"Barselona" prezidentligiga nomzod Font o'z dasturini taqdim etdi

17 noyabr kuni "Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font boshchiligidagi Nosaltres guruhi taqdimotlari bo'lib o'tdi.
Tadbirga mingga yaqin kishi tashrif buyurdi. Mehmonlardan biri "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi bo'lib, u rafiqasi va kataloniyaliklarning yana bir sobiq futbolchisi Gabri bilan birinchi qatorda o'tirgan edi.
Xavi "Barselona"ning amaldagi prezidenti Joan Laporta davrida jamoani boshqargan.