"Barselona" prezidentligiga nomzod: "Flik bizning loyihamizdan hayratda qoladi"

"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flikka uning sport loyihasi manzur kelishiga ishonchi komil.
"Biz yaqin kunlarda o'z sport loyihamizni taqdim etamiz. Flikka barqarorlik kerak, agar u hozirgi holatdan mamnun bo'lsa, biz taklif qilmoqchi bo'lgan narsadan hayratda qoladi.
Barqarorlik — bu improvizatsiyaning yo'qligi demakdir. Maoshlar ro'yxatini qisqartirish uchun Inigo Martinesni sotib yuborib, bir necha oydan keyin mudofaadagi kamchilikni to'ldirish uchun Kanselu bilan shartnoma imzolash kerak bo'lmagan holatdir", — dedi Font.