«Barselona» prezidenti saylovi 15 mart kuni o'tkaziladi

«Barselona» klubi prezidenti saylovlarini o'tkazish sanasi belgilandi.
Kataloniya klubi direktorlar kengashi yig'ilishi yakuniga ko'ra, prezidentlik saylovlarini 15 mart kuni o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi. «Ko'k-anorranglilar»ning yangi prezidenti rasman 1 iyul kuni o'z lavozimiga kirishadi.
2021 yildan buyon mazkur lavozimni Joan Laporta egallab kelmoqda va u navbatdagi muddat uchun qayta nomzodini qo'yadi. Unga Viktor Font, Xaver Vilaxoana hamda Mark Siriya raqobatchi bo'ladi.
Manba: sports.ru