«Barselona» prezidenti Lionel Messi bilan munosabatlar qachon yomonlashganini aytdi

«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta jamoaning sobiq forvardi Lionel Messi bilan bo'lgan munosabatlari haqida gapirdi.
«Biz uzoq vaqt juda yaxshi munosabatda bo'lganmiz. Ammo u bilan shartnomani uzaytirmaganimizdan keyin munosabatlarimiz biroz sovidi. Keyinchalik ularni ma'lum darajada tikladik. Endi esa u haqiqatan ham munosib bo'lgan katta tadbir — sharaflash marosimini uyushtirishni xohlayapmiz», — dedi Laporta "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Messi «Barselona»ni 2021 yili tark etib, «PSJ» bilan shartnoma imzolagandi. Kataloniya klubi safida u 778 ta o'yinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatma amalga oshirgan. 2023 yilda esa argentinalik futbolchi «Inter Mayami» klubiga o'tgan.
Manba: championat.com