«Barselona» prezidenti klublarni Superligadan chiqib, UEFA bilan muloqotga qaytishga chaqiradi

«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bilan munosabatlar tiklanganini ma'lum qildi hamda klublarni tashkilot bilan hamkorlikni qayta yo'lga qo'yishga chaqirdi. Hozirgi paytda Superliga loyihasida rasman faqat «Barselona» va «Real» qolgan.
«Bizda Naser (al-Xelayfiy, Superligaga qarshi chiquvchi PSJ prezidenti) bilan juda yaxshi munosabatlar bor. “Barselona” Evropa futbolida tinchlikni xohlaydi. Biz UEFA bilan kelishuvga erishdik va u erga qaytishni xohlaymiz. Superliga klublari UEFAga qaytishlari lozim. “Barsa” UEFA bilan juda yaqin aloqada ekanini his qiladi», — dedi Laporta AS nashriga bergan intervyusida.
Manba: championat.com