Teamtalk xabariga ko'ra, "Barselona"ga tegishli bo'lgan nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Angliya premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.

Jurnalistlarning yozishicha, 33 yoshli darvozabonni sotib olishga uchta klub qiziqish bildirmoqda: "Tottenxem", "Nyukasl Yunayted" va "Manchester Yunayted".

Bu uch klub mavsum oxirigacha ter Shtegenni ijaraga olish, keyin esa sotib olish masalasini ko'rib chiqmoqda.