"Barselona" niderlandiyalik 18 yoshli hujumchi Sheyn Klyuyvert bilan yangi shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Futbolchi bilan amaldagi kelishuv kelasi yozda tugaydi. Kataloniyaliklar Klyuyvertga 3 yillik yangi bitim taklif qilmoqda. Hozir tomonlar muzokaralar olib bormoqda.

Sheyn Klyuyvert 2023 yildan beri "Barselona" yoshlar jamoasida o'ynamoqda. Uning otasi Patrik 1998-2004 yillarda "Barselona"da o'ynagan va "ko'k-anorranglilar" bilan Ispaniya chempionatida g'olib chiqqan.