"Barselona" ozarbayjonlik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

"Barselona" 17 yoshli ozarbayjonlik futbolchi Ibrohim Babaev bilan shartnoma imzolaganini rasman tasdiqladi. Yosh yarim himoyachi "ko'k-anorranglilar" U-17 jamoasiga qo'shildi va klub akademiyasining bir qismiga aylanadi.
Ushbu shartnomani imzolash marosimi "Barselona" boshqaruvi a'zosi, bolalar va o'smirlar futboli direktori Joan Soler Ferre hamda kataloniyaliklar afsonasi, 4 karra Ispaniya chempioni Xose Ramon Aleksandro ishtirokida bo'lib o'tdi.
Babaev 2008 yilda tug'ilgan va hozirda Ozarbayjon yoshlar terma jamoasida o'ynaydi. "Barselona" akademiyasiga o'tishidan oldin u Shveytsariyaning "Servett" jamoasi sharafini himoya qilgan.