La Liga 16-turida "Barselona" shanba oqshomida "Osasuna"ni qabul qiladi.

Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladigan uchrashuv uchun jamoalarning taxminiy tarkiblari bilan tanishing.

«Barselona»: Joan Garsiya, Balde, Jerar Martin, Kubarsi, Kunde, Pedri, Erik Garsiya, Reshford, Rafinya, Yamal, Ferran Torres.

«Osasuna»: Errera, Bretones, Boyomo, Katena, Roze, Monkayola, Torro, Munos, Oros, Ruben Garsiya, Budimir.

"Barselona"da Gavi, Dani Olmo jarohat olgan, Ronald Arauxo ruhiy jihatdan tayyor emas. "Osasuna" safida Iker Benito, Xuan Kruz jarohat sabab o'yinni o'tkazib yuboradi.

Manba: www.stadion.uz.