«Barselona» klubi yozgi transfer oynasida o'ng qanot himoyachisi Jyul Kunde bilan xayrlashishga tayyor. Kataloniya klubi frantsiyalik futbolchini sotuvga qo'ydi, deb xabar bermoqda «Transfer News Live» nashri «El Nacional»ga tayanib.

«Ko'k-anorranglilar» 27 yoshli o'yinchining transferidan taxminan 80 million evro ishlab olishni rejalashtirishmoqda. Vaziyatni Angliya Premer-ligasining nomi oshkor etilmagan bir nechta vakillari diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

«Transfermarkt» portali ekspertlari Jyul Kundening bozor qiymatini 60 million evroga baholashgan. O'tgan yilning avgust oyida futbolchi «Barselona» bilan shartnomasini 2030 yilga qadar uzaytirgan edi. Ortda qolgan mavsumda himoyachi Xans-Diter Flik jamoasi safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma (assist) muallifiga aylandi.